(Egalik olmoshlari)
Bugungi darsimizda egalik olmoshlariga doir mashqlar bajaramiz.
Keling, avval mavzuni eslab olsak.
Egalik olmoshi «Kimning?» («Whose?») so‘rog‘iga javob bo‘ladi va ot oldidan kelib, uning aniqlovchisi vazifasini bajaradi. Egalik olmoshi-sifati quyidagilar:
my – mening;
your – sening;
his – uning (erkak kishi uchun);
her – uning (ayol kishi uchun);
its – uning (hayvonlar va predmetlar uchun);
our – bizning;
their – ularning.
Mavzuni yaxshiroq eslab qolish uchun egalik olmoshlarini kishilik olmoshlari yordamida takrorlab olamiz.
Quyidagi jadvalga e’tibor qiling. Zarur bo‘lsa, uni daftaringizga chizib oling.
Egalik olmoshi doim ot oldida keladi. Egalik olmoshi bilan kelgan ot oldidan artikl ishlatilmaydi.
My pen is on the table. — Mening ruchkam stol ustida.
He lives with his parents. — U ota-onasi bilan yashaydi.
Agar otdan oldin boshqa aniqlovchi bo‘lsa, egalik olmoshi o‘sha aniqlovchining oldiga qo‘yiladi:
Where is my red pencil? — Mening qizil qalamim qayerda?
Her elder brother is in Tashkent. — Uning katta akasi Toshkentda.
EXERCISE
Chiziqchalar o‘rniga egalik olmoshlaridan mosini qo‘ying.
ҚАНОТЛАРИНИ КЕСМАНГ!
🕔15:52, 03.08.2020
✔911
Болаларнинг тўполончилиги ҳар бир хонадонда кундалик муаммо бўлса, ажаб эмас. Жажжи фарзандларнинг янги кийимларни бир зумда кир қилиб ташлаши, ораста уйни бирпасда урушдан кейинги бедапоядай қилиб ташлаши, айниқса, оила бекаларининг хунобини ошириши аниқ. Бундай пайтда ота-она ва катталар қандай йўл тутиши энг мақбул саналади? Бу ҳақда Адҳам Шарқовийнинг қуйидаги мулоҳазалари биз учун ҳам албатта ўринли.
Батафсил