OBJECT PRONOUNS
(Obyekt olmoshlari)
O‘tgan darslar davomida kishilik va egalik olmoshlari haqida bilimlarga ega bo‘ldingiz. Endi navbat, obyekt, ya’ni to‘ldiruvchi vazafasida keladigan olmoshlarga.
Obyekt olmoshlari gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Ushbu olmoshlar quyidagilar:
me — meni, menga
you — seni, senga
her — uni, unga (ayol kishi uchun)
him — uni, unga (erkak kishi uchun)
us — bizni, bizga
them — ularni, ularga
EXAMPLES:
Please, give me your red pen. (Iltimos, menga qizil ruchkangni ber.)
Happy birthday to you! (Tug‘ilgan kuning (senga) muborak bo‘lsin!)
Nozima plays tennes very well. I played tennis with her last Sunday. (Nozima tennisni yaxshi o‘ynar ekan. O‘tgan yakshanba u bilan tennis o‘ynadim.)
Call us tomorrow, please. (Bizga ertaga qo‘ng‘iroq qiling, iltimos.)
I am far from my parents now. I send them a letter every week. (Hozir ota-onamdan uzoqdaman. Men ularga har hafta xat jo‘nataman.)
Lola has breakfast with him. (Lola u bilan nonushta qildi.)
EXERCISE
Olmoshlarning qaysi turdaligiga e’tibor qiling. Obyekt olmoshlarini doira bilan belgilab chiqing.
him his she my himself they
you your he it its themselves them her I
they herself mine yours
ҚАНОТЛАРИНИ КЕСМАНГ!
🕔15:52, 03.08.2020
✔911
Болаларнинг тўполончилиги ҳар бир хонадонда кундалик муаммо бўлса, ажаб эмас. Жажжи фарзандларнинг янги кийимларни бир зумда кир қилиб ташлаши, ораста уйни бирпасда урушдан кейинги бедапоядай қилиб ташлаши, айниқса, оила бекаларининг хунобини ошириши аниқ. Бундай пайтда ота-она ва катталар қандай йўл тутиши энг мақбул саналади? Бу ҳақда Адҳам Шарқовийнинг қуйидаги мулоҳазалари биз учун ҳам албатта ўринли.
Батафсил